Aspilikueta: "Simeone har kuni futbolchilaridan ko'p narsani talab qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Sezar Aspilikueta bosh murabbiy Diego Simeonening talablari haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi shu yozdan boshlab "matraschilar" safida o'ynamoqda va "Chelsi"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi.
"Simeone har kuni o'z futbolchilaridan ko'p narsani talab qiladi. U har bir mashg'ulotda barqarorlikni ko'rishni istaydi. Menga bu yondashuv yoqadi, chunki siz hafta bo'yi chala mashq qilib, dam olish kunida maydonga chiqib, yaxshi o'yin ko'rsata olmaysiz. Mashg'ulotlar paytida ham xuddi o'yindagidek bor kuchingizni berishingiz kerak", - dedi Aspilikueta Marca nashriga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!