Italiya terma jamoasi futbolchisiga Saudiyadan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Rimning "Latsio" klubida o'ynayotgan italiyalik mashhur markaziy hujumchi Chiro Immobile faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni chempionati klublari 33 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Italiyalik futbolchining transferi 15 million evroga baholanmoqda. Chiro va Rim klubi o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 12 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi (3 tasi penaltidan).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!