Marsyal faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variantga ega
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
27 yoshli futbolchi yanvar oyidayoq "qizil iblislar"ni tark etishi mumkin - bu futbolchi asosiy tarkibda kamdan-kam vaziyatda maydonga tushadi, shuning uchun klub unga bo'lgan takliflarni o'rganishga tayyor. Fotomac xabariga ko'ra, “Fenerbaxche” frantsiyalik futbolchiga da'vogarlar ro'yxatiga qo'shilgan. Turkiya klubi vakillari kelasi hafta transfer bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazishadi.
Yakshanba kuni Antoni Marsyal joriy Premer-liga mavsumidagi ilk golini "Everton” darvozasiga kiritdi. "Transfermarkt" portali forvardning narxini 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!