Lautaro Martinesga APLning ikki grandi og'iz solmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
"Inter" hujumchisi Lautaro Martinesga Angliya Premer-ligasining ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
"Neradzurrilar" rahbariyati argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni anchadan beri niyat qilgan, biroq hozircha kelishuv e'lon qilingani yo'q. Jurnalist Ekrem Konurga ko'ra, 26 yoshli Martinesga da'vogarlar orasida Londonning ikki klubi - "Chelsi" va "Arsenal" bor. "Inter" yanvardagi transfer oynasida sardori bilan xayrlashmoqchi emas.
Lautaro Martines joriy mavsum Simone Indzagi jamoasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi. "Transfermarkt" portali forvardning narxini 100 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!