"PSJ" qishdagi asosiy maqsadini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Vulverxempton"ning chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri "PSJ"ning qiziqishlari ro'yxatida.
Parijliklar avvalroq xabar qilinganidek, yanvar oyida himoyaning chap tomonini kuchaytirish niyatida. "PSJ" sport direktori Luish Kampush Ait-Nurini qishki transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgiladi, deya xabar beradi "SportsZone". Kelishuvni yakunlash uchun Liga 1 giganti jazoirlikning agenti Jorje Mendeshni ishontirishi kerak - agent mijozi parijliklar safida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonchi komil emas.
Rayan Ait-Nuri joriy mavsum “bo'rilar” safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchining narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!