Bernardu Silva - peshqadamlik yo'qotilganidan so'ng: "Kurashishga tayyormiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
“Biz jangga tayyormiz. Albatta, biz uchun g'alaba qozonish har doim yoqimliroq, ammo chempionat va muxlislar uchun intriga, keskinlik va hissiyotlar muhim. Hozir ko'ryapmizki, to'rtta jamoa bir-biriga juda yaqin joylashgan. Biz oldinga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - deya Silva so'zlarini keltiradi jurnalist Tayron Marshall.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!