Bundesliga klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, xorvatiyalik mutaxassis Nenad Belitsa "Union" bosh murabbiyi bo'ldi.
52 yoshli xorvatiyalik bilan shartnoma shartlari e'lon qilinmagan. Germaniya chempionati tarixidagi ilk ayol murabbiyga aylangan Mari-Luiza Eta murabbiylar shtabida qoladi.
Belitsa "Avstriya", "Spetsiya", "Lex", "Dinamo Zagreb", "Osiek" va "Trabzonspor" klublarini boshqargan.
Joriy mavsumda 12 o'yindan so'ng "Union" 7 ochko jamg'arib, Bundesliga turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!