Reshford va Marsyal uzoq o'yinlik golsiz seriyalariga barham berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Markus Reshford va Antoni Marsyal "Everton"ga qarshi o'yinda golsiz seriyasiga chek qo'yishdi.
"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik hujumchisi APL 13-turining 52-daqiqasida penalti ishladi, ingliz futbolchisi uni golga aylantirdi. Marsyalning o'zi 75-daqiqada gol urdi.
Reshford 3 sentyabrdan beri ilk bor klub uchun gol urishga muvaffaq bo'ldi. Golsiz seriya 13 o'yin davom etdi.
Marsyal esa 26 sentyabrdan beri gol ura olmayotgan edi - 9ta o'yin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!