"Real" Xoseluning klubdagi taqdiriga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Madridning “Real” klubi hujumchi Xoseluni sotib oladi.
33 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha "Espanol"dan ijaraga olingan. "Relevo" xabariga ko'ra, "Real" nihoyat ijara shartnomasidagi tegishli variantda ko'rsatilgan forvardni 1,5 million evroga sotib olishga qaror qilgan. Ispaniyalik futbolchi klubning keyingi mavsumdagi rejalarining bir qismidir.
Xoselu bu mavsumda Karlo Anchelotti shogirdlari safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu bilan birga, hujumchi atigi etti marta asosiy tarkibda maydonga tushgani e'tiborga molik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!