"Manchester Yunayted"ga 64 million evroga tushgan Maunt qancha vaqtga safdan chiqdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt bo'lajak o'yinlarda jamoasiga yordam bermaydi.
24 yoshli futbolchining jarohat olgani juma kuni ma'lum bo'ldi. Jurnalist Saymon Jonsonning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachining ahvoli “Manchester Yunayted”da xavotir uyg'otmoqda – uning boldir mushaklaridagi muammolar tufayli bir oyga yaqin o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Avgust oyi oxirida olgan jarohati sabab Meyson sentyabr oxirigacha maydonga tusha olmagandi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda ingliz futbolchisi Londonning "Chelsi" klubidan 64 million evroga sotib olingandi.
Yakshanba kuni “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!