Xabi Alonso shogirdi grandlar o'rtasida talash bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong Evropa gigantlarining radarida. Jurnalist Rudi Galettining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Frimpong "Real Madrid"ning qisqa ro'yxatida. Bundan tashqari, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini “Manchester Yunayted” kuzatib bormoqda.
Amaldagi shartnoma Jeremi Frimpongni "Bayer" bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar bog'laydi. Joriy mavsumda himoyachi “dorichilar” safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sheriklariga ettita golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Frimpongni 45 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!