Varan va ten Xag o'rtasidagi mojaroning sababi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Manchester Yunayted"da futbolchi va murabbiy Erik ten Xag o'rtasida mojaro kelib chiqishda davom etmoqda.
Gap himoyachi Rafael Varan haqida ketmoqda. Angliyada xabar qilinganidek, uning murabbiyi bilan munosabatlari deyarli buzildi.
Sababi, Varan nega tarkib tanlashda yoshi kattaroq Jonni Evans va Viktor Lindelyofga ustunlik berilishini tushunmaydi.
Frantsiyalik futbolchi tez orada "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Unga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda, ammo Varanning yuqori maoshi bo'lishi mumkin bo'lgan transferni qiyinlashtirmoqda.
30 yoshli Varan Premer-liga mavsumida 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!