Boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida JCh. Birinchi kunda 3 g'alaba va bir mag'lubiyat
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Armaniston davlatida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi.
Unga ko'ra uch nafar vakilimiz keyingi bosqich masalasini hal etdi. Abdulaziz Abdunazarov, Pahlavonjon Ibrohimov va Hikmatillo O'lmasov g'alabaga erishgan bo'lsa, afsuski, Ibrohim G'iyosov qirg'izistonlik Amantur Jumaevga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun ham 4 nafar vakilimizning chiqishi o'rin olgan:
-46 kg. Abdurahmon Mahmudjonov - Roman Spak (Moldova)
-60 kg. Firuzjon Sadullaev - Tiquan Sampson (Gayana)
-66 kg. Akbar Ahmadov - Bekarys Nurmukhan (Qozog'iston)
-80 kg. Muhammadrizo Siddiqov - Bairamhan Ashurov (Rossiya)
Janglar Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!