"Atletiko" yarim himoyachisi Saudiyadan kelgan taklifga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jurnalistning yozishicha, belgiyalik 34 yoshli yarim himoyachi taklif olgan, biroq Ispaniyada qolishga qaror qilgan. Aksel "matraschilar" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashni istamoqda.
Vitsel o'tgan yozda erkin agent sifatida Madrid jamoasiga kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Atletiko" safida 15 ta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!