Lukaku Evro-2024 saralashida gol urish borasida Ronalduni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Romelu Lukaku Evro-2024 saralashida gollar soni bo'yicha Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi.
Beliya terma jamoasi hujumchisi Ozarbayjonga qarshi o'yinning 1-bo'limidayoq pokerga erishdi.
Joriy saralash bosqichida Lukaku 14 ta gol urdi va 10 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, saralash to'purarlari ro'yxatida yana yaqqol birinchi o'rinni egallab turibdi.
Hozirda Lukakuda terma jamoa safida 83 ta gol bor. Belgiyalik hujumchi Robert Levandovskini (81) ortda qoldirib, Evropa jamoalari to'purarlari ro'yxatida yaqqol 3-o'ringa ko'tarildi.
Reytingda Portugaliya terma jamoasi safida 128 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu etakchilik qilmoqda. Ferents Pushkash (Vengriya, Ispaniya) hisobida 84 ta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!