"Liverpul"ning vengriyalik futbolchisi Chernogoriya ustidan g'alaba qozonganidan keyin spirtli ichimlik ichdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Vengriya terma jamoasi o'z maydonida Chernogoriya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonib, Evro-2024 saralashini yakunladi.
Uchrashuvda dubl qayd etgan yarim himoyachi Dominik Soboslai uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Final hushtagi yangragach, 23 yoshli futbolchi muxlislar oldida mikrofonda bilan gapirdi va bir payt kichik shishadan nimadir ichdi. Shubhasiz, bu qandaydir spirtli ichimlik edi. Bu ichimlik kuchli bo'lib tuyuldi - buni Soboslai ichgandan keyin yuzidagi ifoda tasdiqlaydi.
So'nggi tur natijalariga ko'ra, Vengriya terma jamoasi 2024-yilgi Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Dominik Soboslai endi "Liverpul" jamoasiga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!