Xoland jarohati haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jarohati tufayli yakshanba kungi Shotlandiyaga qarshi o'yinda Norvegiyaga yordam bermaydi. Hujumchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.
“Afsuski, ertangi Shotlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboraman. Yigitlarga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Hozirda men davolanmoqdaman va imkon qadar tezroq qaytishga harakat qilyapman" - deb yozdi Xoland.
Eslatib o'tamiz, Norvegiya termasi guruhdan chiqish imkoniyatini oktyabr oyidayoq yo'qotgan edi. Ispaniya va Shotlandiya terma jamoalari “A” guruhidan Evropa chempionatiga yo'llanma oldi.
Evropa chempionati kelasi yozda Germaniyada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!