"Everton"ga qo'llanilgan jazo APL tarixida eng shafqatsizi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
Moliyaviy qoidalarni buzgani uchun "Everton"dan 10 ochko olib tashlandi. Natijada jamoa Chempionshipga tushib ketish zonasiga tushib qoldi.
EFL Statto nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Everton" Angliya chempionati tarixida ochkolari olib tashlangan oltinchi jamoa bo'ldi. Shu bilan birga, Angliyaning eng yaxshi ligasida hech kimdan shunchalik ko'p ochko olib qo'yilmagan.
Angliya oliy divizionida ochkolarni olib tashlash tarixi quyidagicha ko'rinadi:
"Everton" (2023/2024) – 10 ochko;
"Portsmut" (2009/2010) – 9 ochko;
"Midlsbro" (1996/1997) – 3 ochko;
"Sanderlend" (1890/1891) – 2 ochko;
"Arsenal" (1990/1991) – 2 ochko;
"Manchester Yunayted" (1990/1991) – 1 ochko.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!