"Al-Ittihod" ertaga jamoaning yangi bosh murabbiyini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Marselo Galyardo "Al-Ittihod" bosh murabbiyi bo'lish arafasida.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Saudiya klubi hafta oxirida kelishuvni yakunlamoqchi. Galyardo barcha kerakli hujjatlarni imzolash uchun Jiddaga keladi.
47 yoshli Galyardo Argentinada "River Pleyt" klubini tark etganidan keyin deyarli bir yil davomida ishsiz yurgandi.
Eslatib o'tamiz, “Al-Ittihod” Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinni 24 noyabr kuni "Al-Ittifoq"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!