Ramos "Real" libosiga dastxat qo'yishdan bosh tortgani haqida tarqalgan videoga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos “Real” libosiga dastxat berishdan bosh tortayotgani aks etgan video paydo bo'ldi. Ramos bu klubda 16 yil o'ynadi, shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar norozi bo'la boshladi.
37 yoshli Ramosning o'zi o'sha videoni qayta joylashtirdi va vaziyatga oydinlik kiritdi.
"Shu paytgacha men "Real"ning oltita futbolkasini imzolaganman. Futbolkalarni auktsionga qo'yadigan yoki internet orqali sotadiganlar ham bor..." - deb yozdi Ramos o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, shu yilning yozida Serxio Ramos "Sevilya"ga qaytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!