Modrich: "Real" mening hayotimda juda katta ahamiyat kasb etadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaning uning hayotidagi o'rni haqida gapirdi.
38 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2012 yildan buyon La Liga grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.
"Real Madrid" mening hayotim va oilamning bir qismi, bu klub men uchun hamma narsani anglatadi. "Real" - bu hayot tarzi. Men Xorvatiyada tug'ilganman, lekin bu erda o'zimni uydagidek his qilaman. Men har doim bu erda, tarixdagi eng yaxshi klubda sodir bo'layotgan barcha narsa uchun minnatdor bo'lganman”, dedi Luka Modrich “Real Madrid” rasmiy kanali bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!