"Real" Bellingem haqida muhim yangilik e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda qirollik klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli yarim himoyachi yaqinda "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda (0:0) elkasidan jarohat olgandi. 26 noyabrga belgilangan “Kadis”ga qarshi bahsda Bellingem maydonga qaytishi ehtimoli katta.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Jud o'nta gol urdi. U La Liga to'purarlar poygasida peshqadam.
Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida ingliz futbolchisini sotib oldi. Ispaniya grandi rahbariyati futbolchi uchun 103 million evro to'lagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!