Serxio Ramos Pike bilan ajrashgan Shakirani taqdirladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
Sevilyada "Lotin Gremmi"sining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Musiqa mukofoti birinchi marta Qo'shma Shtatlardan tashqarida o'tkazildi.
Tadbirda barcha diqqat-e'tibor uchta mukofot olgan Shakiraga qaratildi. Ulardan biri Jerar Pike bilan ajrashganlik haqidagi diss treki uchun "Yil qo'shig'i" mukofoti bo'ldi. 2023 yil yanvar oyi boshida kolumbiyalik qo'shiqchi argentinalik did-jey Bizarrap bilan trek chiqardi, unda "Barselona"ning sobiq himoyachisi haqida quyidagi so'zlar bor edi: "Siz "Ferrari"ni "Reno"ga almashtirdingiz". Mendek bo'ri sizga o'xshaganlarga emas".
E'tiborli tomoni, uchta sovrindan ikkitasini unga "Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos topshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!