Frantsiya Superkubogi Afrikada o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Frantsiya Superkubogi uchun bo'lajak “PSJ” – “Tuluza” uchrashuvi Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida bo'lib o'tishi mumkin.
Yana bir variant - Tuluza stadioni. Parij jamoasi Afrikaga uchmaslik uchun ushbu variantni yoqlaydi.
Kongo DR hukumati Frantsiya professional futbol ligasiga ushbu o'yinni o'tkazish huquqini qo'lga kiritish uchun bosim o'tkazmoqda.
Frantsiya Superkubogi dastlab 5 avgust kuni Bangkokda o'tkazilishi kerak edi, biroq yanvar oyining boshiga ko'chirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!