"Real" himoyachisining kelajagi borasida bir to'xtamga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi bilan xayrlashmoqchi.
28 yoshli futbolchi tez-tez jarohat olmoqda, shu sababli u Karlo Anchelotti jamoasining asosiy tarkibiga kira olmayapti. Jurnalist Mario Kortexananing xabar berishicha, Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida frantsiyalik futbolchini sotishga harakat qiladi. Futbolchining hozirgi qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.
Ferlan Mendi ushbu mavsumda "Los-Blankos" safida to'qqizta o'yinda ishtirok etdi. Uning Madrid klubi bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!