«Manchester Siti» va «Chelsi» Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
Angliyada kutilmagan yangilik yangradi: «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari Premer-ligadan Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin. Sabab — ko'plab moliyaviy qoidabuzarliklar.
Ayni paytda APL klublarni o'rganmoqda. Agar qoidabuzarliklar aniqlansa, klublar jazoga tortiladi. Hattoki jamoalar Chempionshipga tushirilib yuborilishi mumkin.
«Chelsi» transferdagi vositachilarga yashirincha pul to'lagani taxmin qilinmoqda. «Manchester Siti» esa, APLdagi ma'lumotlarga qaraganda, so'nggi 14 yil ichida 115 ta holatda moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan.
Eslatib o'tamiz, bugun moliyaviy halol o'yin qoidasining buzilishi tufayli «Everton»dan 10 ochko olib tashlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!