Laporta Xavi atrofidagi mish-mishlarga chek qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi atrofidagi mish-mishlarga chek qo'ydi.
"Biz bosh murabbiyimizni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz va professional va insoniy fazilatlari tufayli Xavini klub boshqaruvida ko'rganimizdan juda faxrlanamiz. Biz to'g'ri pozitsiyadamiz, bu juda muhim. Chempionlar ligasi va La Ligada yaxshi pozitsiyalarimiz bor. Hozir birlashish juda muhim.
Jarohatlangan futbolchilarga tiklanish uchun vaqt berishga vaqtimiz bor, keyin esa barcha futbolchilar Xavi uchun tayyor bo'lishadi. Muhimi bu mavsum qanday yakunlanishi. Biz marraga etib borishimiz uchun harakat qilyapmiz", - dedi Laporta Marca bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!