Matstsarrining sharnomasi qisqa muddatli bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Hammasi Valter Matstsarrining «Napoli»ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi tomon ketmoqda.
Bu mutaxassis 2009-2013 yillarda jamoa bilan ishlagan, endi esa ikkinchi marta jamoaga kelishga hozirlik ko'rmoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Matstsarrining shartnomasi qisqa muddatli - 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha bo'ladi. 62 yoshli mutaxassis yaqin soatlarda shartnoma imzolashi kutilmoqda.
«Napoli» ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinni 25 noyabr kuni safarda «Atalanta»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!