«MYu» futbolchilarning maoshini kamaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati o'yinchilar maoshini qisqartirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "MYu" rahbariyati futbolchilarga, agar jamoa ushbu mavsum yakunida Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, maoshlarni 25 foizga qisqartirishni taklif qildi.
Mazkur taklif o'yinchilarga ma'qul kelmadi. Ular o'z maoshlarining kamayishini va bu klub natijasiga bog'liq bo'lishini istashmadi.
"Manchester Yunayted" o'tgan mavsumda Angliya premer-ligasida 6-o'rinni egalladi va EChL yshllanmasini qo'lga kirita olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!