"Manchester Siti" 15 yoshli bolakay uchun rekord darajada mablag' sarflaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"Manchester Siti" yaqin kelajakda "Lids" sharafini himoya qilayotgan 15 yoshli yarim himoyachi Finli Gorman bilan shartnoma imzolashi mumkin. The Athletic xabariga ko'ra, klublar etti raqamdan iborat summa bo'yicha kelishib olgan - bu o'sha yoshdagi futbolchi uchun Britaniya rekordi bo'lardi.
Agar kelishuv amalga oshsa, Gorman "Manchester Siti" akademiyasida mashg'ulotlarni boshlaydi va yoshlar jamoasida o'ynaydi. Kelgusi yillarda iqtidorli futbolchi “shaharliklar”ning asosiy tarkibida o'zini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"Manchester Siti" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!