Xavertsni noto'g'ri pozitsiyada ishlatishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Pol Mersonning fikricha, Mikel Arteta Kay Xavertsni noto'g'ri rolda ishlatmoqda.
Haverts «Arsenal» safida Premer-liganing 12 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Germaniyalik vinger barcha musobaqalarda qatorasiga 9 uchrashuvdan beri gol ura olmayapti.
«Xavertsga achinaman, uni yarim himoyada ko'rmayapman - ko'proq markaziy hujumchiga o'xshaydi. Uning bo'yi 6 fut 4 dyuym - u «o'nlik» bo'lishi mumkin.
Umid qilamanki, u yaxshi o'ynaydi, menimcha, u o'ziga xos o'yinchi va imkoni boricha kurashadi. Har bir inson o'z karerasida qiyinchiliklarga duch keladi va hozir u aynan o'sha lahzalarni boshdan kechirmoqda - umid qilamanki, u uddalay oladi», – dedi Merson.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!