"MYu" Brunu Fernandesh uchun 100 millionlik taklif olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya klublarining radarida. Saudiya Arabistoni vakillari Fernandesh uchun "qizil iblislar"ga 100 million evro taklif qilishlari mumkin.
Brunu 29 yoshda va deyarli to'rt yildan beri "Manchester Yunayted"da o'ynamoqda. Joriy mavsumni oladigan bo'lsak, portugaliyalik yarim himoyachi 17 ta o'yin o'tkazib, o'z sheriklari safida 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, Saudiya klublari moliyaviy imkoniyatlari katta bo'lgani uchun yozda Evropadan yuqori maqomga ega futbolchilarni faol ravishda xarid qilishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!