Leroy Saneni Manchesterda kutishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Manchester Yunayted" hujumni germaniyalik yulduz bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar"ning transferlar ro'yxatida "Bavariya" hujumchisi Leroy Sane bor. Futbolchining Bundesliga chempioni bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Leroy Premer-ligada o'ynash tajribasiga ega. 2016 yildan 2020 yilgacha u "Manchester Siti"da o'ynagan.
Joriy mavsum Germaniya chempionatida Sane 11 uchrashuvda 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 75 million evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!