"Real" Alonsoni qancha pul evaziga taklif qilishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Madridning “Real” klubi hozirda “Bayer” bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
DeadlineDayLive o'z manbalariga tayanib xabar berishicha, nemis klubi rahbariyati "Los Blankos" bilan muzokaralarga tayyor. "Farmatsevtlar" agar Alonsoning uchun tovon to'lashsa, qo'yib yuborishga tayyor. Tovon puli 15-18 million evro atrofida bo'ladi. Agar tomonlar rozi bo'lsa, Xabi kelasi yozda Karlo Anchelottini almashtiradi.
Alonso hozirda Leverkuzenda muvaffaqiyatli ishlamoqda. Bundesliganing 11-turidan keyin jamoa “Bavariya”dan ikki ochko oldinda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!