Mourino Pedro ustidan hazil qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 12-turi doirasidagi "Latsio"ga qarshi o'yindan so'ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
"Men bir ochkoni qo'lga kiritgandek his qilyapman. Bu natija mag'lubiyatdan yaxshiroqdir. Men Pedro Rodrigesning o'yini haqida gapirmoqchiman. U zo'r suzuvchi bo'lishi mumkin edi, uning sho'ng'ishlari ajoyibdir", - deydi murabbiy.
Italiya chempionatining 12-turidan so'ng “Roma” 18 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Mourino shogirdlari peshqadam “Inter”dan 13 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!