Belsa: "Messini to'xtatishning imkon yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Urugvay terma jamoasi navbatdagi uchrashuvida Argentina terma jamoasi – jahon chempioniga qarshi bahs olib boradi. Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa dunyoning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messini qanday to'xtatishni bilmasligini tan oldi.
"Agar formulani bilsangiz, ayting. Men bilmayman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Agar uni hali hech kim to'xtata olmagan bo'lsa, unda, ehtimol, bunday formula yo'q", - dedi Urugvay terma jamoasi murabbiyi.
17 noyabr kuni qo'shni davlatlar Urugvay va Argentina terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!