Indzagi: "Dimarko evrogol kiritdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
Italiya chempionatining 12-turida “Inter” “Frozinone”ni mag'lub etdi va bu o'yindagi birinchi gol Federiko Dimarko tomonidan kiritildi. U darvozabon o'z darvozasidan juda uzoqqa ketganini ko'rdi va chap qanotdan chamasi qirq metrlarcha uzoqlikdan zarba berdi. "Inter" klubi ustozi Simone Indzagi bu haqda fikr bildirdi.
"U uzoq vaqt davomida Evropada namoyish etiladigan va zavqlanadigan Evrogolni kiritdi. Hamma narsaga loyiq. O'yin teng darajada o'tdi, biz ba'zan xatoga yo'l qo'ydik, ammo Federikoning golidan keyin biz uchun hamma narsa tinchlandi”, — dedi Indzagi fcinter1908.it saytiga.
Keyingi turda “Inter” “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!