"Xetafe"ning sobiq ustozi: "Bellingemga shubha bildirmaganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Xetafe"ning sobiq bosh murabbiyi Kike Sanches Flores "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemning o'yiniga yuqori baho berdi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli angliyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubidan o'tganidan so'ng shu kungacha Ispaniya chempionatida 10 ta gol urdi va bu uni turnirning eng yaxshi to'purariga aylantirdi.
"Bellingem formasimi? Men umuman hayron emasman. "Real" u bilan shartnoma imzolaganida, men darhol do'stlarimga aytdim: "Bu futbolchiga e'tibor bering", - dedi Flores Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Bellingem elkasidagi noqulaylik tufayli "Real"ning so'nggi o'yinini o'tkazib yubordi. Angliyalik futbolchining "Valensiya"ga qarshi o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!