"Vilyarreal" boshqaruviga kim kelishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi Marselino Garsiya Torralni bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
"Sariq suv osti kemasi" yaqin bir necha soat ichida Garsiya Torral bilan kelishuvga erishish mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
Marselino Garsiya Torral "Vilyarreal" bilan 2013 yilning yanvaridan 2016 yilning avgustigacha ishlagan, 44 durang va 46 mag'lubiyat bilan 88 g'alaba qozongan, shuningdek, klubni Evropa Ligasi yarim finaliga va Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'ringa olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!