"Yuventus" rossiyalik iqtidorli futbolchiga qiziqish bildirmoqdami?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Turinning “Yuventus” klubi matbuot xizmati “Krasnodar” safida Rossiya chempionatida to'p tepayotgan yarim himoyachi Eduard Spertsyanga qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarga izoh bermadi.
"Yuventus" Spertsyanga e'tibor qaratyaptimi? Biz transfer haqidagi mish-mishlarga izoh bermaymiz”, - deb javob berdi “keksa sinora” vakili.
Eduard "Krasnodar" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi RPLning 14 ta uchrashuvida ishtirok etib, 4 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
23 yoshli futbolchining "buqalar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi 16 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!