"Arsenal" La Ligani yondirayotgan klubdan o'yinchi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Jirona" safida Ispaniya chempionatida to'p tepayotgan qanot himoyachisi Migel Guterres Angliya Premer-ligasining top-klubida o'ynash imkoniyatiga ega. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
Manbaga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Kanonirlar" Ispaniyaga Guterres o'yinini tomosha qilish uchun skautlarni yuborishdi.
22 yoshli lateralning "Jirona" bilan 2027 yilning o'rtalariga qadar shartnoma majburiyatlari bor. Transfermarkt Guterresning narxini 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!