Qishda Mbappening transferi uchun 100 million evro to'lashga tayyor jamoa bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162
Frantsiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, unga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko'ra, Premer-liga vakillari yanvar oyida 24 yoshli hujumchining transferi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. E'tiborlisi, Kilianning parijliklar bilan shartnomasi olti oydan keyin tugaydi.
Avvalroq Mbappega "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Transfermarkt portali hujumchining bozor narxini 180 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!