Xoland yana bir bor saxiyligini isbotladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Erling Xoland saxiy va norvegiyalik hujumchi buni kamida ikki marta «Yang Boyz»ga qarshi o'yinda isbotladi.
Birinchidan, u Dide Drogbaga bergan so'zida turdi – golini uning uslubida nishonladi, ikkinchidan, birinchi bo'lim yakunlanganidan keyin undan futbolka so'ragan «Yang Boyz» futbolchisi Muhammad Kamaraning so'rovini rad etmadi.
O'yinchilar odatda o'yin oxirida forma almashadilar, ammo Kamara boshqa birov futbolkani «tortib olishidan» shunchalik qo'rqib ketganki, tanaffus boshida Erlingga murojaat qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!