Frantsiyaning Evro-2024 saralashi uchun qaydnomasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Dide Desham Frantsiya terma jamoasining 2024-yilgi Evropa chempionati saralash bosqichining noyabr oyidagi o'yinlari uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Mayk Menyan, Alfons Areolya, Brays Samba.
Himoyachilar: Dayo Upamekano, Ibraima Konate, Jyul Kunde, Vilyam Saliba, Jan-Kler Todibo, Lyuka Ernandes, Teo Ernandes, Jonatan Kloss.
Yarimhimoyachilar: Eduardo Kamavinga, Yussuf Fofana, Uorren Zair-Emeri, Bubakar Kamara, Adrien Rabo.
Hujumchilar: Kilian Mbappe, Randal Kolo-Muani, Olive Jiru, Usman Dembele, Kingsli Koman, Markus Tyuram, Antuan Grizmann.
2023 yildagi so'nggi yig'in doirasida frantsuzlar Gibraltar va Gretsiyaga qarshi o'yin o'tkazishadi. «Ko'klar» allaqachon Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.