«Real» darvozabonining qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
«Real» darvozaboni Kepa Arrisabalaga mushaklaridagi jarohat tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi «Braga»ga (3:0) qarshi o'yin oldidan qizib olish jarayonlari paytida jarohat olgan. U uch haftagacha o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi «Real» safida 13 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 10 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Futbolchining huquqlari «Chelsi»ga tegishli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!