«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi: «Hech qanday izchillik yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinandning fikricha, «mankunianliklar»ga xarakter etishmayapti.
8 noyabr kuni «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvida «Kopengagen»ga imkoniyatni boy berdi (3:4), uchrashuv davomida 2:0 hisobida ular oldinda borayotgan edi.
«Biz yana inqiroz holatiga qaytdik. «Manchester Yunayted» hozirda «rollerkoaster»ga o'xshaydi. Hech qanday izchillik yo'q.
Ular taslim bo'lishadi va men uchun bu xarakterning etishmasligidan dalolat beradi. Agar ular qiyin vaziyatlarga tushib qolishsa yoki bosim ostida qolishsa, ularni bu vaziyatlardan chiqarib yuboradigan etakchilar etishmayapti», - deya Ferdinandning so'zlarini keltiradi Eurosport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!