«Tottenxem» o'z vingerini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Londonning «Tottenxem» klubi Lissabonning «Sporting» vingeri Markus Edvardsga ko'z tikdi. Correio de Manha xabariga ko'ra, «shporlar» 24 yoshli angliyalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Edvards «Tottenxem» akademiyasini bitirgan, biroq o'z vaqtida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun London klubini tark etgandi.
Manbaga ko'ra, Edvards xizmatlariga «shporlar»ning raqibi «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!