"Manchester Siti"ning EChLda oxirgi marta qachon yutqazganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Angliyaning "Manchester Siti" klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan birinchi klub bo'ldi. Bu Shveytsariyaning "Yang Boyz" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng sodir bo'ldi. Gvardiola shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi. Shuningdek, ingliz klubining Evropaning eng nufuzli turniridagi mag'lubiyatsiz seriyasi o'n sakkizta o'yinga etdi.
"Manchester Siti" oxirgi marta Chempionlar ligasida 2022 yilning 5 mayida "Real"ga qarshi yarim final uchrashuvida mag'lub bo'lgandi. Chempionlar ligasida mag'lubiyatsiz o'tkazilgan o'n sakkizta o'yin ingliz klublari uchun rekord hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!