"Al-Itihod" boshqaruviga asosiy nomzodlar aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
“Al-Ittihod” rahbariyati bosh murabbiylikka nomzodlarni qidirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, Nunu Eshpiritu Santu chetlatilgach, Saudiya klubi Xulen Lopetegi va Xans Flikni ko'rib chiqmoqda.
"Al-Ittihod" safida Karim Benzema, N'Golo Kante va Fabino o'ynaydi.
Nunu o'tgan yozdan beri “Al-Ittihod”ni boshqarib kelayotgan edi. 12 turdan keyin jamoa Saudiya Arabistoni chempionatida 21 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Osiyo chempionlar ligasida esa jamoa Iroqning “Al-Quva” klubidan ustun keldi (0:2).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!