Kuman: "U terma jamoaga munosib emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Ayaks" futbolchisi terma jamoadagi o'ringa loyiq emasligini aytib, Brayan Brobbini tanqid qildi. Brobbi - Erik ten Xagning shon-shuhrat kunlaridan beri klub bilan birga bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri. Ammo uning muvaffaqiyatlari Kumanda zarracha taassurot qoldirmaydi:
"Men unga qaradim va u maydonda noto'g'ri qarorlar qabul qiladi degan xulosaga keldim. Men o'zimga savol beraman - u o'z klubida nima qilyapti? U "Leyptsig"ga bordi, o'ynamadi, qaytdi... Menimcha Brobbi mashg'ulot o'tkazmayapti, u rivojlanmayotganini his qilyapman", - deya Kumanning so'zlarini keltiradi Ziggo Sports.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!